“Uzbekistan Airways” uch yillik tanaffusdan soʻng Jakartaga parvozlarni tiklamoqda

17:18 10 Aprel 2023 Iqtisodiyot
868 0

Arxiv surat

“Uzbekistan Airways” uch yillik tanaffusdan soʻng Toshkent — Jakarta — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarini tiklamoqda. Qulay ulanish reyslari tufayli “Uzbekistan Airways” yoʻlovchilari nafaqat Indoneziya poytaxti, balki butun dunyodan sayyohlarni oʻziga tortadigan — Bali oroliga tashrif buyurish imkoniyatiga ega boʻladi.

Parvozlar shu yilning 26-aprelidan boshlab haftaning chorshanba kunlari zamonaviy “Dreamliner 787” avialaynerida amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali:

  • Toshkentdan uchish - 09:00, Jakartaga kelish - 17:30;
  • Jakartadan uchish - 19:00, Toshkentga kelish - 03:30.

Vaqtlar har bir manzil uchun mahalliy hisoblanadi.

Bir tomon uchun aviachiptalar narxi 10-aprel holatiga koʻra 4 739 819 soʻmdan, borish va qaytish uchun esa 8 454 211 soʻmdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy sayti orqali 3 foiz chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер