Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
27-iyun kuni Toshkent – Urganch – Toshkent, Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Termiz – Toshkent yoʻnalishlarida qoʻshimcha parvozlar amalga oshiriladi.
28-iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent, 30-iyun kuni esa Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2-iyul kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring