Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka aviaqatnovlar sonini oshirmoqda
Uzbekistan Airways Toshkent — Nyu-York — Toshkent yoʻnalishidagi xalqaro aviaqatnovlar soni oshirilganini maʼlum qildi.
Hozirgi kunda shaharlar oʻrtasidagi aviaqatnovlar haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari, joriy yilning 12-avgustidan boshlab esa parvozlar haftaning juma kunlari ham amalga oshiriladi.
Toshkent — Nyu-York yoʻnalishidagi chiptalar narxi 10 686 093 soʻmdan, Toshkent — Nyu-York — Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalar narxi esa 18 101 482 soʻmdan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring