Uzbekistan Airways ikkita xalqaro tanlovda eng yaxshi deb topildi

13:59 01 Iyun 2020 Iqtisodiyot
921 0

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining biznes klass yoʻlovchilari uchun moʻljallangan yoʻl toʻplamlari ikkita xalqaro tanlovda eng yaxshi deb eʼtirof etildi.
 

“Uzbekistan Airways” nufuzli 2020PAX International Readership Awards mukofotini qoʻlga kiritdi, ushbu mukofot butun dunyo aviakompaniyalari oʻrtasida yoʻlovchilarga eng qulay sharoitlarni taʼminlaganligi uchun taqdim etiladi. Aviakomoaniya “MDH mamlakatlari ichida biznes klass yoʻlovchilariga eng yaxshi toʻplam” nominatsiyasi boʻyicha ushbu mukofotga sazovor boʻldi.

Shuningdek, kompaniya 2019-yil yakunlari boʻyicha “Travel Plus Awards” tanlovida ham oʻzining yetakchilik mavqeini yana bir bor tasdiqlab, “Osiyo-Avstraliya mintaqasidagi eng yaxshi biznes-klass toʻplami” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер