Uzbekistan Airways fuqarolarni aviachiptalar xarid qilishda hushyor boʻlishga chaqirdi
AKT rivojlanishi munosabati bilan odamlar hayotini yaxshilash uchun koʻplab yangi imkoniyatlar paydo boʻlmoqda. Biroq jamiyatda ushbu imkoniyatlardan asossiz maqsadlarda foydalanayotgan fuqarolar ham uchrab turibdi.
Soʻnggi kunlarda soxta aviachiptalar sotish holatlari koʻpayayotgani sababli aviakompaniya yoʻlovchilarga Uzbekistan Airways haqiqiy aviachiptasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerakligini eslatib oʻtadi:
— 13 ta raqamdan iborat va 250 sonidan boshlanadigan noyob aviachipta raqami;
— aviachipta xarid qilgan agentlikning toʻliq manzili;
— aviachiptaning narxi, agentlik yigʻimi miqdori va xarid qilingan avaichiptaning tarifi;
— bagaj uchun ruxsat etilgan joy miqdori;
— Uzbekistan Airways aviaqatnoviga chiqish va roʻyxatdan oʻtish vaqti tugashi haqida eslatma.
Xarid qilingan aviachiptani (https://auxiliary.uzairways.com/uz/) havolasi yoki Aloqa markazi raqami: 78 140 02 00 (kechayu kunduz faoliyat yuritadi) orqali tekshirib olish mumkin.
“Hurmatli yoʻlovchilar! Uzbekistan Airways ushbu maʼlumotlarni doimo tekshirib koʻrishingizni va aviachiptalarni xarid qilishda hushyor boʻlishingizni soʻrab qoladi” deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring