Uzbekistan Airways Express bagaj normasini 23 kg.gacha oshirdi
Uzbekistan Airways Expressʻning “toʻliq ekonom” formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasi 1-fevraldan 15 kg/158 smdan 23 kg/158 sm.gacha oshirildi.
Endilikda aviachipta xarid qilingan sanadan qatʼiy nazar yoʻlovchilar “toʻliq ekonom” formatida 23 kg.gacha yuk olib ketishlari mumkin boʻladi.
Ushbu qatnovlarda qoʻl yuki normasi oʻzgarmay qolgan — 5 kg/115 sm.gacha.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring