“Uzbekistan Airways” AJ: ayrim parvozlar bekor qilindi

02:25 26 Yanvar 2022 Jamiyat
704 0

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati toʻliq toʻxtatilgani munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ 2022-yil faqat 26-yanvar kuni bajarilishi rejalashtirilgan HY–271/272 Toshkent – Istanbul – Toshkent va HY – 277/278 Fargʻona – Istanbul – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha reyslarni bekor qilinganini maʼlum qildi. 

Bekor qilingan parvozlar yoʻlovchilari chiptaning toʻliq qiymatini sotib olingan joyda qaytarish yoki 27-yanvar kuniga yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin har qanday kunga bepul koʻchirish huquqiga egadirlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер