“Uzbekistan Airports” nufuzli xalqaro tashkilotga aʼzo boʻldi
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati butun jahon aeroportlarini birlashtirgan Airports Council International (ACI) tashkilotiga rasman aʼzo boʻldi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aʼzolik avvalo xizmatlar ishonchliligini kafolatlaydi. Qolaversa, mamlakatda havo transporti tizimini tubdan isloh qilish, soha faoliyatini xalqaro meʼyorlarga tenglashtirish, sayyohlikni rivojlantirish, investitsiyalar oqimini jadallashtirishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasiga qarshi global choralar koʻrish, aviaqatnovlar mobaynida yoʻlovchilarni pandemiya xavfidan ogohlantirish va ehtiyotlash, bu borada samarali dasturlar ishlab chiqishda ACI xizmatlariga tayaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring