UzAutoMotors 21-iyun kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishini eʼlon qildi

11:19 20 Iyun 2024 Jamiyat
508 0

UzAutoMotors 21-iyun kuni soat 10:00 da Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, 21-iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat “Savdo.uzavtosanoat.uz” sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida maʼlumotni taqdim etadi.

Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi. Shu munosabat bilan UzAutoMotors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlarini soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер