UZAUTO yosh mutaxassislari oʻpkani sunʼiy shamolattish qurilmasi — IVL prototipini yaratishdi(video+foto)
Bugun butun dunyo COVID-19 virusiga qarish kurashishga ulkan kuch tashlagan bir paytda, Oʻzbekiston avtomobil sanoati korxonalari qoʻl qovushtirib tura olmaydi.
Jahondagi soʻnggi voqealar oʻpkani sunʼiy shamollatish(ventilyatsiyalash) apparatlarining oʻta yetishmasligiga olib kelganligini inobatga olib, Oʻzbekiston avtomobil tarmogʻi yosh muhandis-mutaxassislari karantin davrida OʻSV apparati prototipini yaratdilar.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPU) mutaxassislari bilan birgalikda, prototip ustida yaqinda «Oʻzavtosanoat» AJ qoshida tashkil etilgan “Research and Development Center” ishlanmalar markazi mutaxassislari ish olib bordilar. Apparatni ishlab chiqish muallif chizmalarini yaratish, dizaynni modellashtirish va bevosita apparatning oʻzini TPU laboratoriyasi bazasida yigʻishni oʻz ichiga oldi.

OʻSV prototipi gipoallergan materiallardan yasalgan boʻlib, ular, shuningdek, quriomani oson dezinfeksiyalash imkonini beradi. Apparatning texnik xususiyatlari namlik, bosim, kislorod va harorat darajasi sensorlarini oʻz ichiga oladi. Ularning koʻrsatkichlari apparat xotirasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, OʻSV qurilmasi tozalash tizimi bilan taʼminlangan. Ishlangan havo filtr orqali oʻtadi, uni almashtirish qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Elektr energiyasi uzilib qolishi ehtimoli uchun OʻSV apparati prototipi uzluksiz ozuqa manbai bilan jihozlangan. U apparatning kamida bir soat ishlashini taʼminlaydi. Tannarxi bozordagi shu kabi qurilmalardan bir necha barobar arzon boʻlib, toʻliq «Oʻzavtosanoat» tuzilmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va yigʻilgan.

“Oʻz navbatida, «Oʻzavtosanoat» AJ va ”Research and Development Center“ tadqiqotlar va ishlanmalar markazi yosh, isteʼdodli muhandislar hamda ixtirochilarni innovatsion ishlanmalar va loyihalarda qatnashish uchun oʻz jamoasiga taklif qiladi” deyiladi AJ axborot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring