UZAUTO MOTORS kompaniyasi Malibu Turbo va Tracker avtomobillariga bayramona chegirmalar taqdim etadi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil xarid qilish istagida boʻlgan hamyurtlarimizni turli aksiya va takliflar bilan hursand qilishda davom etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda Malibu Turbo hamda Tracker Premier AT xarid qilish istagida boʻlgan xaridorlarda avtomobilni bayramona chegirma asosida xarid qilish imkoniyati mavjud.
Eng ulugʻ ayyomimiz arafasida tashkil qilingan aksiya doirasida ushbu modeldagi avtomobillar uchun 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirgan xaridor 20 million soʻmgacha chegirmaga ega boʻladi.
Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan chegirmali narxlar quyidagicha:
Malibu Turbo 2,0 — 302 mln. soʻm oʻrnigi 282 mln. soʻm
Malibu Turbo 1,5 —270 mln. soʻm oʻrniga 250 mln. soʻm
Tracker Premier AT — 215 mln. soʻm oʻrniga 190 mln. soʻm.
“Chegirmalar 2019-yilning 21-avgustidan 10-sentyabriga qadar amal qiladi. Orziqib kutgan avtomobilingizni foydali taklif asosida xarid qilishga ulgurib qoling, avtomobillarimiz soni chegaralangan.
Sizlarga bayramona xarid tilab qolamiz!
Kompaniya xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qulayliklar yaratish ustida doimiy harakatda. Biz bilan qoling!”, - deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring