“UzAuto Motors” AJ “Asr Progress Innotech” MCHJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi
"UzAuto Motors” AJ “Asr Progress Innotech” MCHJ (Andijon viloyati Boʻz tumani) bilan dilerlik kelushuvidagi bir qator qoidabuzarliklar sabab shartnomani bekor qilganligini maʼlum qildi.
"UzAuto Motors” AJ tomonidan 2021-yilning dekabr oyida “Asr Progress Innotech” MCHJda oʻtkazilgan monitoring natijasida Diler korxonasi tomonidan tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi hamda dilerlik kelishuvining qator bandlari qoʻpol ravishda buzilganlik holatlari aniqlandi.
Shuningdek, korxona faoliyati davomida qonunbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlandi va ushbu holatlar boʻyicha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqiy baho berilishi uchun maʼlumot taqdim qilindi.
“Asr Progress Innotech” MCHJ va mijozlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha Diler korxonaning mijozlar oldidagi majburiyatlari “Andijon Avtotexxizmat” tomonidan bajariladi.
Kompaniya “Asr Progress Innotech” MCHJ diler korxonaning mijozlar oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini kafolatlaydi.
Kompaniya Dilerlik tarmoqlari faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va qoidabuzarliklarni aniqlashda davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring