Uzaytirilgan qishki taʼtil oʻqituvchilarning maoshiga taʼsir qilmaydi
Xalq taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun beriladigan qoʻshimcha taʼtil kunlari davomida xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlangan holda toʻlab boriladi, taʼtil oylik maoshga taʼsir qilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq maktab oʻquvchilarining qishki taʼtil kunlari 24-yanvarga qadar uzaytirilgandi hamda xususiy maktablarda ham 24-yanvarga qadar taʼtilni uzaytirish tavsiya etilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring