Usmonxon Alimov ogʻir ahvoldami?

12:10 19 Iyul 2021 Jamiyat
1220 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari toʻgʻrisida turli asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sogʻliqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari oʻtkazilmoqda. Ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.

«Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka toʻgʻri kelmaydigan yolgʻon xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab boʻlishini yana bir bor eslatamiz», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер