Ushbu qutlugʻ oyda Allohning marhamati bilan, butun yer yuziga baraka va yaxshiliklar yogʻiladi — Prezident

17:46 08 Aprel 2022 Siyosat
1204 0

Foto: president.uz

Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishgach, Olmazor tumanidagi “Universitet” mahallasida boʻldi. Soʻng 102-sonli maktab internatida davlatimiz rahbari muassasa tarbiyalanuvchilari va pedagoglari bilan samimiy suhbatlashdi.

Ayni paytda bu yerda videoselektor yigʻilishi oʻtmoqda.

«Ushbu qutlugʻ oyda Allohning marhamati bilan, butun yer yuziga baraka va yaxshiliklar yogʻiladi. Sabr-qanoat va xayr-saxovatli ishlar uchun koʻp-koʻp savoblar yoziladi.

Muborak Qurʼoni karimda ham “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir”, deb taʼkidlangan.

Umuman, koʻp ming yillik qadriyatlarimiz va muqaddas dinimiz sharofati bilan nafaqat Ramazon oyida, balki butun yil davomida, har kuni mehr-muruvvat va saxovat koʻrsatish, sabrli va ahil boʻlish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

Xususan, pandemiya davrida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati mamlakatimiz boʻylab keng tarqalib, el-yurtimiz ehtiyojmandlarga begʻaraz yordam bergani, qiyinchilik va sinovlarni bahamjihat yengib oʻtgani buning yorqin misolidir», dedi Prezident soʻzining avvalida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер