“Urush tugadi” — AQSH Afgʻonistondagi missiyasi tugaganini rasman maʼlum qildi
Foto: Reuters
AQSH Mudofaa vazirligi AQSHning barcha harbiy xizmatchilari Afgʻonistonni tark etgani haqidagi maʼlumotni tasdiqladi.
«Oxirgi samolyot uchdi. Urush tugadi», deb yozmoqda AQSHlik harbiy muxbir Navid Jamali Pentagondagi oʻz manbasiga tayanib.
Biroz vaqt oʻtgach, bu maʼlumotni AQSH Markaziy qoʻmondonligi boshligʻi, dengiz piyodalari generali Kennet F. Makkenzi kichik ham tasdiqladi.
Pentagon, shuningdek, AQSH qurolli kuchlari ishtirokidagi Afgʻonistondagi urush tugaganini, ammo AQSH qolgan AQSH fuqarolarining mamlakatga ketishini tashkillashtirishda davom etishini taʼkidladi.
Shu tariqa AQSH endi Kobul aeroportini nazorat qilmasligi maʼlum qildi. Oʻz navbatida, “Tolibon” harakati Kobul aeroporti toʻliq nazorat qilishini eʼlon qildi.
“Tolibon” harakati 15-avgustda Afgʻonistonda toʻliq nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi 31-avgustga qadar AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishini talab qildi.
Hatto “Tolibon” harakati rahbarlari Vashingtonga AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondan oʻz vaqtida olib chiqilmagan taqdirda harbiy javob beish bilan tahdid qildi. Agar AQSH 31-avgustga qadar mamlakatdan harbiy kontingentini olib chiqmasa, javob choralari qattiq boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring