Urumchi bozorlarida ilk bor o‘zbek giloslari paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda yetishtirilgan gilosning birinchi partiyasi Xitoyning Sinszyan o‘lkasi bozorlarida ham paydo bo‘ldi. Bu haqda Fresh Plaza manbasi Urumchi bojxona xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.
Shunday qilib mazkur okrug aholisi ilk bor mamlakatimizda pishib-yetilgan sarxil mevaning unutilmas ta’midan bahramand bo‘lishi mumkin. Bungacha mazkur hududga gilos Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Chin o‘lkasiga joriy yil boshidan gilos eksportini yo‘lga qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, yurtimiz o‘tgan yili jami qariyb 32 ming tonna gilosni chet davlatlariga chiqardi.
2018 yilda mazkur ko‘rsatkich, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 36-38 ming tonnagacha o‘sishi kutilyapti.
Vaholanki, besh yil oldin ham mamlakatimizning mazkur meva bo‘yicha eksport hajmi bor-yo‘g‘i 5 ming tonnani tashkil etardi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring