Urgutda irsiy kasalliklarni aniqlaydigan laboratoriya tashkil etildi

19:13 24 May 2022 Jamiyat
1141 0

Foto: Халқ сўзи

Bolalarda irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qoʻyish usullarini takomillashtirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Samarqand viloyati Urgut tuman innovatsion hududida molekulyar genetikaga asoslangan zamonaviy laboratoriya tashkil etish loyihasi amaliyotga yoʻnaltirildi.

Hozirda tuman tibbiyot birlashmasida molekulyar genetik laboratoriyasi uchun 4 ta xona ajratib berilgan. Bu yerga yuqori texnologik diagnostika uskunalari, butlovchi buyumlar, reagentlar va zarur materiallar keltirib oʻrnatildi.

— Laboratoriya irsiy kasalliklarga tekshirish, shuningdek, bemorlarda dori vositalari orqali irsiy kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish va tekshirish amalga oshiriladi, — deydi Innovatsion rivojlanish vazirligining Urgut innovatsion hududi boʻyicha masʼul vakili Alisher Norboyev. — Shuningdek, homilaning erta bosqichlarida xavf guruhini aniqlash uchun homiladorlikning erta muddatlarida ayollar qoni tahlili bosqichma-bosqich biokimyoviy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Shu bilan birga 3 ming nafardan ortiq ayollarni homiladorlikning bosqichlarida biokimyoviy skriningdan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Taʼkidlash oʻrinliki, bugungi kunda dunyoda har 100 boladan 5-6 nafari genetik kasallik bilan tugʻiladi. Bu nuqsonlar bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishidagi buzilishlar bilan namoyon boʻladi. Ularning 5-6 foizi birinchi marta paydo boʻlgan yoki ota-onaning biridan oʻtgan irsiy kasalliklar ekani aniqlangan.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер