Urgut tumanida soxta diplom olib berishni vaʼda qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi

12:24 08 Noyabr 2021 Jamiyat
1290 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o‘qishga kiritib, 2021-2022 o‘quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni vaʼda qilib, evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер