Urgut tumani mudofaa ishlari boʻlimi uchun homiylik asosida yangi bino qurib berildi

12:04 11 Mart 2024 Jamiyat
256 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Abdulaziz Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”. Urgut tuman mudofaa ishlari boʻlimining yangi foydalanishga topshirilgan zamonaviy binosi bir vaqtning oʻzida 220 nafar chaqiriluvchini qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlib, bu yerda barcha uchun zarur qulayliklar yaratilgan.

Bino homiylik asosida “BIG story” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 6,2 milliard soʻm mablagʻ evaziga bunyod etildi.

Avvallari harbiy xizmatga saralash ishlari bitta kichkina xonaga uch-toʻrt kishi kirib, muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi yigitlar suhbatdan oʻtkazilar edi. U paytdagi sharoit bilan hozirgisini solishtirib boʻlmaydi. Bugun har bir mutaxassis uchun alohida xona tashkil qilingan. Bu chaqiriluvchilarni har tomonlama chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, sogʻlom va barkamol, jasur yigitlarni saralashga xizmat qiladi.

Boʻlimning tantanali ochilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Farrux Ziyaboyev, viloyat hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov soʻzga chiqib, mudofaa tizimidagi islohotlarga toʻxtalib, tuman-shahar mudofaa ishlari boʻlimlari faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер