Urganchdan Sankt-Peterburgga parvozlar soni oshmoqda — Uzbekistan Airways
Shu yil 29-noyabrdan boshlab Uzbekistan Airways Urganchdan Sankt-Peterburgga parvozlar sonini oshirmoqda. Endilikda reyslar nafaqat seshanba, juma va yakshanba kunlari, balki chorshanba kunlari ham amalga oshiriladi.
HY637/638 reysi 2023-yilning 29-noyabridan chorshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:
— Urganchdan joʻnab ketish soat 11:30 da, Urganch vaqti bilan;
— Sankt-Peterburgga yetib kelish soat 14:10 da, Sankt-Peterburg vaqti bilan;
— Sankt-Peterburgdan joʻnab ketish soat 15:40 da, Sankt-Peterburg vaqti bilan;
— Urganchga yetib kelish soat 22:00 da, Urganch vaqti bilan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring