Urganch va Xivadan Toshkentga avtobus qatnovlari soni oshirildi
Yoʻlovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Xiva – Toshkent” yoʻnalishlaridagi avtobus qatnovlari soni 7 taga oshirildi.
Bundan tashqari, mazkur yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha avtobuslar zaxirasi shakllantirildi. Yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqib yana qoʻshimcha reyslar tashkil etiladi.
“Yoʻlovchilar chiptalarni Urganch avtovokzali, Urganch buyum bozori bekati va Xiva vokzali bekatlaridan yoki UzBus mobil ilovasi orqali onlayn sotib olishi mumkin” deyiladi rasmiy xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring