Urganch–Istanbul yoʻnalishidagi aviachiptalar narxi arzonlashdi
“Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 12-iyulidan boshlab Urganch – Istanbul – Urganch yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlardagi aviachiptalar narxining arzonlashgani haqida xabar berdi.
Parvozlar haftasida bir marta - yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Urganch – Istanbul yoʻnalishidagi aviachipta narxi 2 732 647 soʻmdan boshlanadi. Urganch – Istanbul – Urganch yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi esa 4 080 081 soʻmdan boshlanadi.
Narxlar 13.07.2021 holatiga koʻra amal qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring