UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi
16-20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti
(UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston oʻz tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qilmoqda.
Tadbir 160 ga yaqin davlatdan turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi davlat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va turistik biznes vakillarini birlashtiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring