Universitet bogʻida betakror sanʼat asarlari

16:03 27 Oktyabr 2022 Jamiyat
605 0

Foto: Xalq so‘zi

Fotoreportaj

Yodingizda boʻlsa, Samarqand shahrida oʻtkazilgan SHHT sammiti oldidan tashkilotga aʼzo davlatlardan rassomlar, haykaltarosh va fotograflar tashrif buyurgan va “Ijodiy asarlarimizda Shanxay ruhi” nomli xalqaro koʻrgazmaga bagʻishlab betakror sanʼat asarlarini yaratishgan edi.

Siz suratda koʻrib turgan haykallar SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun Eron, Hindiston, Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Rossiyadan kelgan ijodkorlar tomonidan yaratilgan.

Bugungi kunda ushbu haykallar shahar markazidagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining bogʻiga oʻrnatilgan. Ular Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitidan esdalik boʻlib, universitet bogʻini bezab turibdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер