Umumtaʼlim maktablarning yuqori sinflari uchun 4 ta yoʻnalishda tanlov fanlari belgilandi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.
4 ta yoʻnalishdagi tanlov fanlari:
— matematika-fizika;
— ona tili-chet tili;
— kimyo-biologiya;
— matematika-chet tili etib belgilandi.
Shuningdek, tajriba-sinovdan oʻtkazish tartibi, oʻquv rejalari, tushuntirish xati, tajriba-sinovdan oʻtkaziladigan maktablar roʻyxati ham tasdiqlandi.
Hozirda matematika-fizika yoʻnalishida 16 ta, ona tili-chet tili yoʻnalishida 51 ta, kimyo-biologiya yoʻnalishida 40 ta, matematika-chet tili yoʻnalishda 30 ta sinflarda oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olmoqda.
Kelgusi oʻquv yillardan boshlab, oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yoʻnalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring