Umumiy ovqatlanish joylarida “Covid-19”ni yuqish xavfini qanday kamaytirish mumkin?
Koronavirus pandemiyasi sharoitida kafe hamda restoranlar yaxshi shamollatilishi zarur.
Bu haqda Rossiyaning “Tibbiyot yetakchisi” tibbiy markazi bosh shifokori Yevgeniy Timakov aytib o`tdi.
Uning soʻzlariga koʻra, yetarli darajada shamollatilmagan muassasalarda nafaqat “Covid-19”, balki gripp hamda boshqa viruslarning ham tarqalish ehtimoli ancha yuqori boʻladi.
“Kasallanish darajasining oʻsish barcha deraza va eshiklar yopiladigan payt — qishda boshlanadi. Buning sababi esa virusning xavfi uning havodagi miqdoriga emas, balki bir joyda qancha vaqt turishiga bogʻliqligidadir", - deydi mutaxassis.
Qayd etilishicha, havo harakati infeksiyaning tarqalish xavfini kamaytiradi. Faol havo aylanishi bilan koronavirus xavfli boʻlmay qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring