Ulugʻnor tumaniga prokuror hokim boʻldi
Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Unda Andijon viloyati Ulugʻnor tumani hokimi lavozimiga Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovich tayinlandi.
Axmadjonov Muxammadislomiddin myehnat faoliyatini 2001-yili Toshkent shahar hokimligi Adliya boshqarmasi katta nazoratchisi vazifasidan boshlagan.
2006-2009-yillarda Andijon viloyati Izboskan tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ishlagan.
2019-2020-yillarda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovich, Andijon viloyati Ulugʻnor tumani prokurori boʻlgan.
Andijon viloyati hokimligi Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring