Ulugʻnor tumanida 300 nafar aholi bandligi taʼminlandi

21:36 07 Sentyabr 2023 Jamiyat
663 0

“Ulugʼnor fayz textil” MCHJga qarashli ip-yigiruv korxonasi ish boshlaganiga atigi 9 oy boʻldi. Mana shu qisqa vaqt ichida u ulugʻnorlik 300 nafar aholini doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.

Ichki bozordan xarid qilingan paxta xomashyosi korxona ishchilari tomonidan sifatli kalava-ipga aylanmoqda. Buning uchun besh turdagi zamonaviy dastgohlardan unumli foydalanilyapti. Toʻqimachilik sohasidagi asosiy xom ashyo boʻlmish mahsulot Xitoy va Rossiya davlatlariga eksportga chiqarilyapti. Jamoa joriy yil yakuniga qadar 8 million dollarlik kalava ip eksport qilishni rejalashtirgan.

— Hududimiz qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashganligi sababli avvallari dalada ishlaganmiz, — deydi yigiruvchi Oliyaxon Saydullayeva. — Ish mavsumiy boʻlgani bois maʼlum muddat daromadsiz qolib ketardik. Ushbu korxona ishga tushgach, doimiy daromad manbaiga ega boʻldik. Hozirda oylik maoshlarimizni oʻz vaqtida olyapmiz. Tushlikka issiq ovqat va transport xizmati yoʻlga qoʻyilgan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер