Ulugʻbek Toshxoʻjayev Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi
Hukumat qarori bilan Ulugʻbek Toshxoʻjayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.
Ulugʻbek Toshxoʻjayev 2021-yil yanvar oyining oxiriga qadar Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring