Ulug‘bek Rahmatullayev Moskvada konsert beradi
Moskvada 29-iyul, yakshanba kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev “Sog‘inch fasli” nomli yakkaxon dasturi bilan konsert beradi. Bu haqda “Sputnik” nashrining ma’lumotiga asoslanib “Daryo” internet nashri ma’lum qilmoqda.
Tadbir Moskva shahrida joylashgan “Akvamarin” konsert zalida bo‘lib o‘tadi.
Taxminlarga ko‘ra, konsertga ming kishi kelishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring