Ulkan boʻron: Hindiston va Bangladesh ikki million aholini evakuatsiya qilmoqda
Hindiston va Bangladeshda 20-may kuni mamlakatlar qirgʻoqlariga kelishi kutilayotgan ulkan “Amfan” boʻroni sabab ikki milliondan ortiq aholi evakuatsiya qilinadi.
Maʼlumotlarga koʻra, boʻron hozirda Bengal koʻrfazida joylashgan boʻlib,u sabab yuzaga keladigan shamol tezligining maksimal koʻrsatkichi soatiga 265 km ga yetadi.
Mahalliy meteorologlar “Amfan” 2007-yilda sodir boʻlib, uch mingdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan “Sidr” boʻronidan ham kuchliroq boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda.
Qayd etilishicha, bu safar qirgʻoq shaharlari aholisini evakuatsiya qilish koronavirus bilan kurashish choralari bilan murakkablashmoqda. Ikkala mamlakatda ham aholi harakati cheklangan. Boshpana topishga ulgurganlardan esa himoya niqoblari va qoʻlqoplarni kiyish talab qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring