Ukrainaning sobiq energetika vaziri davlat chegarasini kesib oʻtayotgan vaqtida qoʻlga olindi
Ukrainaning sobiq energetika vaziri German Galuщyenko mamlakat hududini tark etishga urinayotgan vaqtda qoʻlga olindi. Bu haqda “Kontext” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Galuщyenko bugun, 15-fevralga oʻtar kechasi davlat chegarasini kesib oʻtishga urinayotgan paytda hibsga olingan.
Maʼlumot uchun, sobiq vazir 2025-yil noyabr oyida Timur Mindich ishi bilan bogʻliq korrupsiya mojarosi ortidan lavozimidan ozod etilgan edi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Galuщyenkoga nisbatan rasman jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida maʼlumot berilmagan. Bundan tashqari, tergov harakatlarining keyingi bosqichi va unga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ayblovlar haqida rasmiy izoh berilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring