Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Ukrainada avstriyalik va ispan jurnalistlarini olib ketayotgan mashina dronlar hujumiga uchradi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Ukraina sharqidagi front chizigʻi yaqinida avstriyalik jurnalist va uning ispaniyalik hamkasbini olib ketayotgan mashinaga dronlar orqali hujum qilingan.
ORF axborot agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida jurnalistlarga jiddiy talofat yetmagan.
Maʼlum boʻlishicha, voqea Donetsk viloyatida sodir boʻlgan boʻlib, muxbirlar Proliska gumanitar tashkiloti xodimlari hamrohligida Kostyantinivka shahriga ketayotgan boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring