Ukrainada pul aylanmasi 40 million AQSH dollari boʻlgan onlayn moliyaviy piramida fosh etildi

05:19 05 Aprel 2023 Dunyo
852 0

Kiyevda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor operatsiya davomida, pul aylanmasi 40 million AQSH dollardan ortiq boʻlgan onlayn moliyaviy piramida tashkilotchilaridan biri qoʻlga olindi.

Firibgarlar yetakchi texnologik kompaniyalar aksiyalarini sotib olish va sotish orqali qisqa vaqt ichida katta miqdordagi pullarga ega boʻlishni taklif qilib jabrlanuvchilar sonini orttirib borishgan.

Shuningdek, loyihaga yangi investorlarni jalb qilgan mijozlarga alohida “bonusli” pul jamgʻarmalari taqdim etganlar.

Firibgarlar guruhi 2017-yildan buyon asosan Rossiya va Ukraina davlatlari hududida faoliyat olib borgan.

Tezkor operatsiya mobaynida 55 yoshli Rossiya fuqarosi qoʻlga olingan boʻlib, uning telefon qurilmasida soxta reklama roliklari va boshqa guruh aʼzolari bilan yozishmalar aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер