Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi yana 500 ming kishini safarbar qilishni soʻradi
Foto: gsminfo.com.ua
Ukraina Bosh shtabi yana yarim million odamni safarbar qilishni soʻragan. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy aytib oʻtdi.
Ukraina rahbarining soʻzlariga koʻra, harbiylar armiyani 450-500 ming yangi askar bilan toʻldirmoqchi.
“Men bu qarorni qoʻllab-quvvatlash uchun koʻproq dalillar kerakligini aytdim”, deydi Zelenskiy. Shuningdek, u bunday miqyosdagi safarbarlik respublika byudjetiga 500 milliard grivna (13 milliard dollar) tushishini taʼkidladi.
Zelenskiy, shuningdek, Bosh vazir Denis Shmigalga va butun hukumatga “Pul qayerdan keladi?» degan savol bilan murojaat qildi va safarbarlik bilan bogʻliq moliyaviy qiyinchiliklarni eʼlon qilib, olti nafar soliq toʻlovchining soliqlari goʻyoki bir harbiy xizmatchini boqish uchun sarflanishini taʼkidladi.
Avvalroq, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina qurolli kuchlari “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganidan beri 383 ming askarini yoʻqotganini maʼlum qilgan edi. Yozgi qarshi hujumda Kiyev 159 ming askarini boy bergan.
Ukrainada 2022-yil fevralidan boshlab harbiy holat rejimi va umumiy safarbarlik toʻgʻrisidagi farmon kuchga kirdi. 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklarga Ukrainadan chiqib ketish taqiqlanadi. Harbiy xizmatni oʻtashdan boʻyin tovlash besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring