Ukraina kuchlari Donbassni tark etishi kerak — Peskov
Rossiya tomoni Ukraina qoʻshinlari Donbassdan chiqib ketishini talab qilmoqda, deb xabar berdi BILD nashri.
Maʼlum qilinishicha, Rossiya Abu-Dabida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Ukraina va AQSH vakillari oʻrtasidagi uchrashuvdan oldin Ukraina qoʻshinlari Donbassdan chiqib ketishi kerakligini taʼkidlagan.
“Moskvaning pozitsiyasi aniq. Ukraina qurolli kuchlari Donbassni tark etishi shart”, — degan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya uchun bu juda muhim hisoblanib, mazkur talab bajarilmaguncha uzoq muddatli kelishuvdan umid qilish befoyda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring