Uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan 18 yoshli toshkentlik qiz qidiruvga berildi
2002-yilda tugʻilgan Abzalova Fotima Mahmudjon qizi joriy yilning 14-avgust kuni Olmazor tumani, Shifonur koʻchasi, 71 uy manzili boʻyicha joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Belgilari: boʻyi 170-175 sm., qaddi-qomati oʻrtacha, sochlari uzun och jigar rang, koʻzlari toʻq qora, lablari, quloqlari oʻrtacha, iyagi toʻgʻri.
Kiyimlari: oq-qora xol-xol gulli koʻylak, qora shippak.
“Qidiruvga foydali boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotni Olmazor tumani IIO FMBga quyidagi raqamlar orqali maʼlum qilishingizni soʻraymiz: 71-230-50-85, 71-230-50-86 ili 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring