Uydan chiqmay turib ham roʻzgʻorni butlash mumkin

19:21 14 Dekabr 2021 Jamiyat
950 0

Foto: "Xalq so'zi"

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi tadbirkor Qoʻldosh Sachoqov 4-sektor ishchi guruhining qoʻllab-quvvatlashidan soʻng oʻz tajribasini mahalladoshlari bilan baham koʻrish fikriga keldi.

“Kogon- Fish-Broller” korxonasini taʼsis etib, baliqchilik va parrandachilik bilan shugʻullanayotgan tadbirkor ishni klaster usulida yoʻlga qoʻydi. Ozuqani ham shu yerda ishlab chiqarmoqda. Ellikka yaqin doimiy va mavsumiy ish oʻrni yaratganidan tashqari mahalladoshlari uchun oʻzaro manfaatli taklifni oʻrtaga tashladi. Unga koʻra, tadbirkor ishsiz, qoʻshimcha daromad topish ishtiyoqidagi kishilarga broyler joʻjalari, ularning ozuqasi va zarur vitaminlarni yetkazib beradi. 45 kundan keyin esa boqilgan joʻjalarni oʻzi sotib oladi. Shu mahallada yashovchi Mehriniso Joʻrayeva bu taklifni birinchilar qatorida qabul qildi .Hamkorlik uy bekasiga uyda turib oyiga 3 million soʻmgacha daromad topish imkonini beryapti.

“Kogon-Fish-Broller” korxonasiga kelsak, tez orada bu yerda broyler joʻjalar sonini ikki baravar oshirib, 65 mingtaga yetkazish moʻljallanmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер