Uy tomidagi issiqxonadan yiliga 100 mln soʻm daromad olinmoqda
Buvayda tumanining Beshterak MFYdagi 520 ta oilada tomorqadan samarali foydalanib, yiliga uch, toʻrt marotaba hosil olinmoqda.
Muhammadjon Yoʻldoshevlar oilasi mahalladagi eng mirishkor tomorqachilar sirasiga kiradi. Tomorqadagi 5 sotix issiqxonada yiliga 70 — 80 ming tup mavsumiy gullar yetishtirilib, oila byudjeti har yili oʻrtacha 100 million soʻmdan ziyod daromadga ega boʻladi.
— Oʻtgan yili uy tomida 1 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, gulchilik tarmogʻi yana-da kengaytirildi, — deydi oila sohibi M. Yoʻldoshev. — Buning natijasida yana 5 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Hozirga kunda mavsumiy yumushlar bilan hisoblaganda 15 nafar mahalladoshlarimiz biz bilan birga ishlaydi.
Taʼkidlash joizki, Muhammadjon Yoʻldoshev qoʻli gul hunarmand usta, oila bekasi esa oʻqituvchi. Bu oila aʼzolari asosiy ishidan ortib, tomorqadan ham unumli foydalanib kelmoqda.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring