Uy sharoitida daraxt koʻchatlarini yetishtirish oʻzini oʻzi band qilish hisoblanadi
Qonunchilikka koʻra, uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta koʻchatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.
Bundan tashqari, sinov tariqasida oʻrmon xoʻjaliklari hududida koʻchat yetishtirish, ekilgan koʻchatlarni parvarishlash, oʻrmonzorlar barpo etish ishlari autsorsing asosida jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, oʻrmon xoʻjaliklarida koʻchat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida, xoʻjaliklar hududlarining uzoq muddatli ijaraga beriladigan uchastkalari belgilanadi.
Bunda davlat oʻrmon fondi uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring