UYEFA mutaxassislari Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga koʻmak beradi

11:47 07 Mart 2020 Sport
931 0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar oʻyini” yana-da ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Endilikda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UYEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Xususan, 9-13-mart kunlari UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UYEFA delegatsiyasi yurtimizda boʻladi va OʻFAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.
Tashrif doirasida OʻFA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, OʻFA hamda PFLning har bir yoʻnalish boʻyicha olib borayotgan faoliyati UYEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha oʻrganiladi hamda yakunda assotsiatsiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yana-da koʻtarishga yoʻnaltiriluvchi qoʻshma loyihalar, mutaxassislarning Yevropaning yetakchi assotsiatsiyalarida malaka oshirishi, qolaversa Oʻzbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Yevropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash kabi masalalar muhokama qilinadi.

13-mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер