"Uddaburon bolalar” filmining davomi suratga olinadi

11:02 07 Aprel 2022 Dunyo
1656 0

Rejissyor Robert Rodriges “Uddaburon bolalar” (“Spy kids”) filmining davomini suratga olishini eʼlon qildi, deya xabar berdi kinotoday.ru.

Robert Rodriges mazkur filmning ham rejissyori, ham prodyuseri. Yangi filmda bosh rollar uchun mutlaqo yangi aktyorlar izlanmoqda.

Maʼlumot uchun, “Uddaburon bolalar” filmining avvalgi qismida Karmen va Juni Kortezlar haqida hikoya qilingan.

Filmda bolalar ota-onalarining maxsus agent ekanligi haqida bilib qolishadi va shundan soʻng, ularni iziga tushishadi.

Kinokartinaning ushbu variantida asosiy rollarni Alexa Vega, Daryl Sabara, Antonio Banderas, Karla Gugino va Denni Trexo ijro etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер