“Uddaburon” abituriyent qoʻlga tushdi
Mamlakatimiz boʻylab belgilangan joylarda davom etayotgan 2020-2021 oʻquv yili uchun test sinovlari yoshlarimizning nafaqat bilimlarini, balki jamiyatimizda oʻrnatilgan tartib qoidalarga qanchalik rioya qilishlarini ham sinovdan oʻtkazmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi Qoʻqon shahar markaziy stadioni hududida tashkil etilayotgan oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtihonlarga kelayotgan abituriyentlarni Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari sinchkovlik bilan tekshirmoqdalar.
Kecha, 4-sentyabr kuni 2-smenada oʻtkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari jarayoniga kelgan abituriyentlarning biridan Fargʻona viloyati Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan imtihon jarayoniga olib kirib, foydalanish taqiqlangan texnik qurilma topib olindi.
Ushbu abituriyent shu zahotiyoq test topshirish jarayonidan chetlatilib, unga nisbatan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar koʻrildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring