Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan kimlar foydalanadi?

15:11 04 Iyul 2018 Jamiyat
5159 0

Uchuvchisiz uchish qurilmalarini hamma ham ishlatishi mumkinmi? Ularni yurtimizga olib kirish tartibi qanday? O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida shunday savollar javob berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi qaroriga asosan, 2015 yil 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz apparatlarini olib kirish, foydalanish va sotish ta’qiqlangan. Bundan alohida ruxsat berilgan tashkilotlar mustasno, albatta. Lekin, shunga qaramasdan hozir bunday qurilmalardan foydalanish, olib kirishda noqonuniy holatlar ko‘payib ketgandi.

Shuningdek, hukumatimizning 2016 yil 31 avgustdagi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish tartiblari ishlab chiqilgan. O‘tgan yili esa qonunchiligimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, havo hududidan sanksiyasiz foydalanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar belgilandi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston dunyo miqyosida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga solgan davlatlar siraisga kiradi. Ayni paytda bunga aksariyat davlatlar jiddiy kirishmoqda. Negaki, bunday qurilmalar nihoyatda ko‘p. Nazorat qilish esa mushkul.

Hozirgi kunda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, “O‘zshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi respublikamizga uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish hamda foydalanish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер