Uchtepa tumanining ayrim hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
Bugun Toshkent shahar Uchtepa tumani “Birlik” MFY hududidagi past bosimli D-76 mm va oʻrta bosimli D-89 mm yer usti gaz quvurlarini xavfsiz joyga koʻchirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu sababli, 2022-yil 4-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha “Birlik”, “Nayman”, “Choʻpon ota” MFYlaridagi 3983 ta xonadonlarda hamda 40 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring