Uch viloyatda noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot va Vobkent tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “J.M.” xususiy korxonasi, “S.S.” oilaviy korxonasi hamda “T.J.” MCHJga qarashli spirtli ichimliklar sotuvchi savdo doʻkonlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, jami 18 turdagi alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro N.U. YATT “Ya.G.”ning “Eski Jomboy” MFY hududidagi paynet xizmati uchun ijaraga olingan savdo doʻkonida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, undan 51 turdagi alkogol va 118 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.R. belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan “Mashrab” koʻchasidagi savdo doʻkonida tamaki mahsulotlari sotayotganligi aniqlanib, undan 853 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring