Uch marta saratonni yenggan 17 yoshli qiz koronavirusdan vafot etdi

16:20 03 Fevral 2021 Dunyo
1789 0

AQSHning Missuri shtati Kanzas-Siti shahrida yashagan, saraton kasalligini uch marta yenggan oʻn yetti yoshli Espen Dik koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Bu haqda “10 WAVY” telekanali xabar bermoqda.

Espen toʻrt yosh boʻlganida, unga oʻtkir leykoz tashxisi qoʻyilgan. Qizcha toʻrt yil davomida kimyo terapiya muolajalarini olgan, shuningdek, unda ilik transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti ham oʻtkazilgan. Shifokorlarning umidsiz bashoratlariga qaramay, Espenning organizmi saratonning uchta ogʻir shaklini yenggan.

Ammo 2020-yilning noyabr oyida Espen koronavirus infeksiyasi bilan zararlangani aniqlandi. Shundan soʻng u kasalxonaga yotqizilgan. U 30-yanvargacha oʻpkani sunʼiy shamollatish apparatiga ulangan holda jonlantirish boʻlimida muolaja olgan. Ammo Espen 30-yanvar kuni hayotdan koʻz yumgan.

Ushbu voqeadan soʻng Espenning otasi koronavirusni saratondan ham yomon kasallik, deya xulosaga kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер