Uch yillik tanaffusdan soʻng oʻtkazilgan xalqaro turizm yarmarkasi oldingilaridan nimasi bilan farq qildi

13:35 06 Dekabr 2022 Jamiyat
699 0

Joriy yilning 30-noyabr 2-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Ipak yoʻlida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining uch kunlik tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Yarmarkada mahalliy stendlar oʻz qadini rostladi. Nafaqat mamlakatimiz turizm salohiyati keng namoyon etildi, balki 30 ta xorijiy davlatdan 300 dan ortiq ishtirokchilar oʻzlarining turistik mahsulotlarini targʻib qilishdi.

“Ipak yoʻlida turizm-2022” xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida tashkil etilgan koʻrgazmalarda juda koʻplab kelishuvlar qilinib, bitimlar imzolandi.

Toshkent viloyati ham oʻz stendi bilan faol boʻlar ekan, viloyatning turizm jozibadorligi xorijlik mehmonlar hamda mahalliy ishbilarmon doira vakillarida katta qiziqish uygʻotdi.

Shu bilan birga Toshkent viloyati Tojikiston Respublikasining “RASUL TOUR”, “ZUMRAD TRAVEL”, “SAYOHAT TRAVEL”, Qirgʻiziston Respublikasining “GOLUBOY ISSIQ KOʻL”, “AK SAI TRAVEL” sayyohlik kompaniyalari, shuningdek, Yaponiya mamlakatining “TAYRIKU TRAVEL”, Eron Islom Respublikasining “SEMNAN”, Tailandning “KC HOTELS AND RESORTS” kabi koʻplab turistik korxona va tashkilotlari bilan shartnomalar tuzdi.

Shuningdek, viloyatlar kesimida, jumladan Fargʻona, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bilan ikki va uch tomonlama memorandumlar imzolangani eʻtiborga molik.

Uch kunlik koʻrgazma davomida 10 dan ortiq turfirmalar, 30 ga yaqin mehmonxona, restoran, hunarmandlar va boshqa turizm yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishtirok etib, hamkor tashkilotlar bilan 500 ga yaqin kelishuv va bitimlar tuzishga erishildi.

Viloyatning turizm salohiyatini oʻzida aks ettirgan eksponatlar namoyishi, folklor jamoalarining madaniy chiqishlari barchaga manzur boʻldi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan yarmarkada har bir pavilionning madaniyat xodimlari tomonidan kuy va qoʻshiqlar yangragan boʻlsa, gastro turizm boʻyicha ham mehmonlar turli yeguliklardan tanovul qilishdi.

Tadbir yakunlari boʻyicha yalpi sessiyalar va B2B uchrashuvlardan oʻtkazilib, “TXTY–2022” tadbirida faol ishtirok etgan hududlar va tashkilotlar munosib taqdirlandi.

Unga koʻra Toshkent viloyati “Eng mukammal arxitektura sohibi” nominatsiyasi gʻolibiga aylandi. Toshkent viloyati nomidan sertifikat va esdalik sovgʻasini viloyat hokimi oʻrinbosari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Jamshid Babajanov oldi.

Tadbirda mahalliy va xorijiy OAV vakillari faol boʻlib, intervyular, toʻgʻridan toʻgʻri efir va koʻrsatuvlar tayyorlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер