Uch avlod uchrashuvi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan Navroʻz bayrami arafasida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tizimda uzoq vaqt samarali faoliyat koʻrsatgan sud faxriylari, bugungi kunda faoliyat koʻrsatayotgan sudyalar hamda Sudyalar oliy maktabining tinglovchilari ishtirok etdi.

Aytildiki, anaʼanaga aylangan bunday maʼrifiy tadbirda yaqin oʻtmish, bugun va kelajak mujassamligini koʻrish mumkin.
Zamonlar oʻzgarishi, tuzumlar almashishi mumkin, biroq har qanday davrda halollik va adolatni dasturulamaliga aylantirgan kasb egasining yuzi yorugʻ, shogirdlar ardogʻida boʻlaveradi. Bugungi tadbir toʻrida oʻtirgan faxriylar haqida ham shunday deyish mumkin.
Odil sudlovni amalga oshirish orqali jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash qanchalik sharaf boʻlsa, shunchalik murakkab va masʼuliyatli hamdir. Shu maʼnoda, sud tizimida uzluksiz bir necha oʻn yillab sudya sifatida faoliyat koʻrsatishning oʻzi boʻlmaydi. Sud mustaqillgi, sudyalarning chinakam daxlsizligini taʼminlash boʻyicha keyingi yillarda judda katta islohotlar oʻtkazilgani, ularning ijtimoiy muhofazasi boʻyicha ilgari kuzatilmagan ishlar amalga oshirilgani eʼtiborga olinsa, bugungi faxriy sudyalarimiz oson boʻlmagan hayot yoʻlini bosib oʻtgani yana bir bor oydinlashadi.
Tadbirda soʻzga chiqqan sud faxriylari hayoti va faoliyati davomida toʻplagan boy tajribalari bilan oʻrtoqlashish asnosida bugun sud tizimidagi shart-sharoitlarni ilgari qoʻl yetmas orzu boʻlganini taʼkid etib, inson huquqlari oliy qadriyat, deb belgilangan Yangi Oʻzbekistonda sudyalarga eʼtibor kuchaygani, sud-huquq islohotlari natijasida oʻtgan qisqa davrda inson huquqlarini samarali himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangani alohida qayd etildi. Chunki, jamiyat taraqqiyoti qonun ustuvorligiga bilan chambarchas bogʻliq. Qonun ustuvorligi esa odil sudlov orqali taʼminlanadi.
Yurt ravnaqi yoʻlida kamarbasta boʻlish lozimligi bosh mavzuga aylangan tadbirda uch avlodga mansub hamkasblar oʻrtasidagi muloqot samimiy kechdi.

Tadbirda Sudyalar oliy kengashi qaroriga bilan odil sudlovni amalga oshirishdagi uzoq yillik samarali faoliyati uchun bir guruh faxriylar “Faxriy sudya” koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring